Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.S., N.Yu. va A.T.lar noqonuniy ravishda valyuta qimmatliklarini oʻtkazish orqali daromad orttirishni koʻzlab fuqaroga 9 000 AQSH dollarini 95,4 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda, deya xabar beradi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Hurmatli fuqarolar, chet el valyutasini ayirboshlashni faqat bank muassasasi yoki uning shahobchalari orqali amalga oshirishingizni soʻrab qolamiz, bu bilan nafaqat oʻzingizni asragan boʻlasiz, balki qalbaki valyuta qimmatliklariga duch kelishni oldini olasiz.