Milliy terma jamoamiz futbolchisi Jaloliddin Masharipov Saudiyaning “An-Nasr” klubi bilan xayrlashgach,  erkin agent bo'lib turibdi. Sal avvalroq matbuotda unga Turkiyaning “Trabzonspor” va eronning “Persipolis” klublari qiziqish bildirgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi. 

Kuni kecha yana bir yangilik tarqaldi. Jurnalist Ivan Karpovning ta'kidlashicha, Moskvaning “Lokomotiv” klubi 30 yoshli yarim himoyachimizni o'z safiga qo'shib olmoqchi.  

Ta'kidlash joizki, Rossiya Prem`er-ligasida transfer oynasi 14 sentyabr` kuni yopiladi. Temiryo'lchilar RPLda 7-turdan keyin 6-o'rinda bormoqda.