Shu kunlarda Turkiyada ziyorat turizmi boʻyicha xalqaro press-tur boʻlib oʻtmoqda. Unda Germaniya, Polsha, Makedoniya, Eron, Malayziya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi oʻndan ortiq mamlakatdan kelgan jurnalistlar, elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar ishtirok etmoqda.

Kecha ushbu tadbir doirasida buyuk mutafakkir mavlono Jaloliddin Rumiy yashagan Koʻnya shahrida uning yigirma ikkinchi avlodi 82 yoshli onaxon Esen Chalabey bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Esen Chalebey ajdodlari, xususan Jaloliddin Rumiy haqidagi savollarga javob qaytardi.

U buyuk mutafakkir bobosi ona tomonidan xorazmshohlarga borib taqalishini taʼkidlar ekan, Oʻzbekistonni koʻrish orzusida ekanini aytdi.