- statsionar savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari;
- kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert, koʻrik va koʻrgazma zallari hamda ommaviy dam olish uchun yopiq inshootlar;
- klublar, diskotekalar, kompyuter zallari, Internet xizmatlari koʻrsatish uchun jihozlangan xonalar yoxud boshqa koʻngilochar joylar;
- muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari va maʼruzaxonalar;
- mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlar, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlari, daryo kemalari, shahar, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro qatnaydigan avtobuslar, taksilar, yoʻnalishli taksilar hamda shahar elektr transporti, havo kemalari;
- yer osti oʻtish joylari, transport bekatlari va avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari;
- aeroportlarning, temir yoʻl, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolari;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning binolari;
- sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari va tashkilotlari, taʼlim muassasalari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari;
- ish joylari boʻlgan xonalar;
- koʻp kvartirali uylarning yoʻlaklari, shuningdek uylar oldi hududida joylashgan bolalar va sport maydonchalari;
- xiyobonlar, bogʻlar, koʻchalar va boshqa joylar.
Jamoat joylarida, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:
- tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish, shuningdek, chilim va elektron sigaretalar chekish;
- uyatli soʻzlar bilan soʻkinish, haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarni sodir etish;
- alkogol mahsulotini isteʼmol qilish;
- tilanchilik qilish;
- roʻyxatdan oʻtkazilmagan bayroqlar va vimpellardan foydalanish;
- it va mushuklarni tumshuqbogʻsiz va yetovsiz olib yurish;
- karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda niqobsiz boʻlish.









