• statsionar savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari;
  • kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert, koʻrik va koʻrgazma zallari hamda ommaviy dam olish uchun yopiq inshootlar;
  • klublar, diskotekalar, kompyuter zallari, Internet xizmatlari koʻrsatish uchun jihozlangan xonalar yoxud boshqa koʻngilochar joylar;
  • muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari va maʼruzaxonalar;
  • mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlar, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlari, daryo kemalari, shahar, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro qatnaydigan avtobuslar, taksilar, yoʻnalishli taksilar hamda shahar elektr transporti, havo kemalari;
  • yer osti oʻtish joylari, transport bekatlari va avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari;
  • aeroportlarning, temir yoʻl, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolari;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning binolari;
  • sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari va tashkilotlari, taʼlim muassasalari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari;
  • ish joylari boʻlgan xonalar;
  • koʻp kvartirali uylarning yoʻlaklari, shuningdek uylar oldi hududida joylashgan bolalar va sport maydonchalari;
  • xiyobonlar, bogʻlar, koʻchalar va boshqa joylar.

Jamoat joylarida, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:

  • tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish, shuningdek, chilim va elektron sigaretalar chekish;
  • uyatli soʻzlar bilan soʻkinish, haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarni sodir etish;
  • alkogol mahsulotini isteʼmol qilish;
  • tilanchilik qilish;
  • roʻyxatdan oʻtkazilmagan bayroqlar va vimpellardan foydalanish;
  • it va mushuklarni tumshuqbogʻsiz va yetovsiz olib yurish;
  • karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda niqobsiz boʻlish.