Toshkent shahrida jamoat transporti harakati uzluksizligini taʼminlash maqsadida belgilangan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida jamoat transporti uchun alohida yoʻlaklar tashkil etildi.
Bugun, 5-dekabr soat 12:00 holatiga shaharda jami 900 ga yaqin avtobuslar yoʻnalishlarga chiqarilgan.
“Toshshahartransxizmat” AJning avtobus saroyi filiallarida avtobuslarga texnik xizmat koʻrsatish tezkorlik bilan yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, yoʻnalishlarda harakat davomida yuzaga kelgan nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.
Yoʻllarda yuzaga kelgan muzlamalar natijasida kuzatilayotgan tirbandliklar jamoat transportining harakat tezligiga ham taʼsir koʻrsatmoqda.