Unga koʻra hududlar aro qatnovchi jamoat transporti (metropolitendan tashqari) harakati ham joriy yilning 17-avgustidan boshlab qayta yoʻlga qoʻyiladi. Sanitarik va epidemiologik orastalikni saqlash maqsadida transport vositalarini dezinfeksiyalash qatʼiy nazoratga olinadi.
Shu oʻrinda yoʻnalishga chiqish oldidan har bir haydovchi va chiptachi tana harorati tibbiy meʼyorda boʻlgan holda, tibbiy niqob va qoʻlqop bilan taʼminlanishi nazoratga olinadi.
Yoʻnalishga chiqish oldidan “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi har bir avtosaroyda har bir avtobus toʻliq dezinfeksiya qinadi. Qolaversa, har bir yoʻnalishdan qaytgan avtobus qayta dezinfeksiyadan oʻtkaziladi.
Eslatma: Sanitariya talablari doirasida yoʻlovchilarning avtobus saloniga chiqishda va avtobus ichida tibbiy niqobda boʻlishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yoʻlovchilar avtobus saloniga chiqarilmaydi.