Yurtimizda 850-870 ta qatnov yo'nalishidagi avtobuslar soni 1050-1090 taga ko'paytirildi. Natijada, yo'nalishdagi avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25—30 daqiqadan 10—12 daqiqaga qisqartirishga erishildi. Bu haqida Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yo'nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslar sonining ko'paytirilishi, oraliq vaqtining qisqartirilishi sabab yo'lovchilar soni ham sezilarli darajada ortishiga sabab bo'lmoqda.
Xususan, 12-dekabr kuni yo'lovchilar 501 863 nafarni tashkil etgan bo'lsa, 19-dekabr kuni bu ko'rsatkich sezilarli oshib, tegishlicha 567 535 nafarni tashkil etdi.