Unda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, senator, “Keksalarni eʼzozlash” jamoat fondi viloyat boʻlimi raisi Ikromxon Najmiddinov, “Yuksalish” umummilliy harakati ijrochi direktori Asqar Mamatxonov, videoaloqa orqali Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Inomjon Qudratov, viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Xayrullo Sobirov, xalq deputatlari viloyat Kengashining “NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ishlash masalalari” boʻyicha doimiy komissiyasi kotibi Ikromjon Soliyev hamda Harakatning nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat ekspertlar guruhi aʼzolari, davlat tashkilotlarining jamoatchilik Kengashlari raislari, NNTlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Jamoatchilik muhokamasi taklif va mulohazalarga boy boʻldi. Jumladan, quyidagi yoʻnalishlarda muhim taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarning fuqarolik jamiyati vakillari bilan keng muhokamasini uyushtirish va amalga oshirish;
- davlat idoralari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati samaradorligini koʻtarish;
- NNTlar tomonidan fuqarolarni jamoat va davlat ishlarini boshqarishga faol jalb etish, aholining huquqiy madaniyati va yuridik savodxonligini kuchaytirish borasidagi faoliyatlarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini yaratish;
- Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzuridagi Jamoat fondlarini takomillashtirish va toʻlaqonli faoliyat yuritishlarini taʼminlash;
- Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida nodavlat-notijorat tashkiloti vakillik institutini joriy qilish;
- NNTlari uchun kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan taʼlim muassasasini ochish;
- Davlat idoralarining nodavlat-notijorat tashkilotlari, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali va izchil hamkorligini mustahkamlash;
- Davlat tashkilotlarining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati ochiqligiga erishish;
- Davlat idoralari faoliyatining shaffofligi va hisobdorligini muntazam yoʻlga qoʻyish;
- Viloyatda NNTlar uyini bunyod etish;
- Keng jamoatchilikni tashvishlantirayotgan muammoli masalalarni aniqlash, tahlillash va hal etish boʻyicha nodavlat sektorni jalb qilish kabi muhim yoʻnalishlarda taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur takliflar forum tashkilotchi va masʼullari tomonidan nazoratga olindi.

Nargiza MUHAMMADIYEVA,
“Yuksalish” UMH Namangan viloyat boʻlimi rahbari.