Madrimov super yarim oʻrta vazn toifasida bu safar WBC Interim chempioni, amerikalik Verjil Ortis JR ga qarshi jang qildi.
12 raund toʻliq davom etgan chempionlik jangining 5-raundigacha Madrimov ustunlikka erishdi. Bu, hakamlar tomonidan ham eʼtirof etildi. Biroq 6-raunddan boshlab okean orti bokschisiga omad kulib boqa boshladi. Boshqacha aytganda, Isroilning oʻtgan yili dekabr oyida kasallikka chalinib, toʻliq tuzalmagani pand berdi. Virjil Ortis hakamlarning yakdil qarori bilan 117-111, 115-113, 115-113 hisobda gʻalaba qozondi va chempionlik kamarini oʻzida saqlab qoldi.
Jangdan soʻng jurnalistlarga intervyu bergan hamyurtimiz Madrimov bahsning 12 raund davom etgani, hisobdagi farqlar u qadar katta emasligi, salomatligidagi muammolar xususida toʻxtaldi va ushbu uchrashuv kelgusi janglar uchun katta saboq boʻlganini taʼkidladi.