Uchrashuv avvalida Agentlik direktori Abdulla Azizov Agentlikning asosiy vazifalari haqida soʻzlab, farmatsevtika sanoatini rivojlantirishning oʻrta va uzoq muddatli istiqbollari, yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar bilan tanishtirdi hamda Oʻzbekistonning jadal rivojlanayotgan farmatsevtika sanoati sarmoyaviy jozibadorligi haqida maʼlumot berdi.
“DKConsulting” boshqaruv direktori Chulsoo Kim mazkur kompaniya faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etdi. Kompaniya yiliga 5 mln tabletka ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan farmatsevtik korxonani Oʻzbekiston hududida qurish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Ushbu loyiha bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirildi.
Agentlik direktori “DKConsulting” kompaniyasiga Janubiy Koreyaning Top-5 farmatsevtik kompaniyalarini jalb qilish va loyihalarni amalga oshirishda qoʻllab-quvvatlashini taklif etdi.