Janubiy Koreya kompaniyalari bilan hamkorlikda ilmiy laboratoriya tashkil etiladi

    Laboratoriya neft-gaz, to'qimachilik, kimyo, qishloq xo'jaligi va ishlab chiqarish sohalari rivojiga xizmat qiladi.

    Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi "Yashnobod" innovatsion texnoparki Janubiy Koreyaning "INTERLAB“ hamda ”YOUNG IN BIOGEN" kompaniyalari o'rtasida qiymati 5 million AQSH dollari miqdordagi investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

    Shartnomaga ko'ra, O'zbekiston hududida neft-gaz, to'qimachilik, kimyo, qishloq xo'jaligi va ishlab chiqarish sohalarida qo'llash imkoniyatini beradigan ilmiy laboratoriya tashkil etilishi ko'zda tutilgan.