Janubiy koreyalik tadbirkorlar “Angren” EIZ faoliyati va salohiyati, respublikada, shu jumladan ushbu erkin iqtisodiy zonada xorijlik sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, EIZ hududida joriy imtiyozlar va preferensiyalar bilan yaqindan tanishdi.
Doʻstona ruhda kechgan muloqot davomida “Two vision” kompaniyasi vakillari energiyani ekologik toza konvertatsiya qilish, yaʼni past haroratli piroliz gazlashtirish va elektr energiyasini ishlab chiqarish boʻyicha biznes-rejani taklif qildi.
Bundan tashqari, mazkur kompaniya ishtirokida “Angren” EIZ hududidagi 1,5 gektar yer maydonida yangi loyihalarini ishga tushirish rejalari atroflicha muhokama etildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.