Shimoliy Koreya Yapon (Sharqiy) dengizi tomon noma'lum snaryad uchirdi. Bu haqda Yonhup agentligi Janubiy Koreya harbiylariga tayanib xabar berdi.
Janubiy Koreyaning shtab boshliqlari birlashgan qo'mitasi qo'shimcha ma'lumot bermasdan, uchirilganini aniqlaganliklarini xabar qilishdi.
Biroq, Yaponiya qirg'oq qo'riqlash xizmati snaryad, ehtimol, ballistik raketa ekanligini, u “allaqachon qulab tushganini” aytdi. Birinchi xabardan bir necha daqiqa o'tgach, agentlik Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan bo'lishi mumkin bo'lgan ballistik raketa haqida ikkinchi bildirishnomani yubordi, deb xabar berdi lenta.ru.
6-yanvar kuni Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirgandi. Koreya Markaziy axborot agentligi gipertovushli ballistik raketa tovush tezligidan 12 baravar tezroq uchganini xabar qilgandi.