YAngi tartib 2026 yil mart oyidan kuchga kiradi.
Qonunga muvofiq, o'quvchilar dars vaqtida smartfon ishlata olmaydi, birok nogironligi bo'lgan yoki maxsus ta'limga ehtiyoj sezadigan bolalar uchun istisno holatlar belgilangan. SHuningdek, favqulodda vaziyatlarda ham telefonlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Hujjatga ko'ra, o'qituvchilarga telefonlardan foydalanishni faqat dars vaqtida emas, balki maktab hududida ham kengroq darajada taqiqlash vakolati beriladi. SHu bilan birga, maktablar o'quvchilarga raqamli texnologiyalardan to'g'ri foydalanish bo'yicha ta'lim berishga majburdir.
Janubiy Koreya hukumati ma'lumotiga ko'ra, mamlakat aholisi orasida mobil qurilmalardan ortiqcha foydalanish darajasi 25 foizni tashkil etadi. 10–19 yosh oralig'idagi o'smirlar orasida esa bu ko'rsatkich 43 foizga etgan. Mutahassislar ta'kidlashicha, smartfonlarga qaramlik o'quvchilarning diqqatini jamlash, ijtimoiy munosabatlar va akademik natijalarga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Koreya o'qituvchilari tashkilotlarining o'tkazgan so'rovlari shuni ko'rsatadiki, pedagoglarning qariyb 70 foizi sinfda smartfonlar ta'lim jarayonini buzaverayotganidan shikoyat qilgan. SHu sababli qonun o'qituvchilarning faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun “kuchliroq huquqiy asos” sifatida qaralmoqda.
Janubiy Koreya shu tariqa Frantsiya, Italiya, Gollandiya va Xitoy kabi davlatlar qatorida maktablarda smartfonlardan foydalanishga qat'iy cheklovlar joriy etgan mamlakatlar safidan joy oldi.