Muloqot davomida tomonlar Oʻzbekiston va Janubiy Koreya geografik jihatdan bir-biridan uzoq masofada joylashgan boʻlsada, ularni uzoq yillik doʻstlik va manfaatli hamkorlik rishtalari oʻzaro bogʻlab turganligini alohida taʼkidladilar.

Shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik hamda alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, ayniqsa parlamentlararo aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Xususan, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi deputatlari mamlakatning bir qator korporatsiyalari Oʻzbekistonda avtomobil va temir yoʻllari infratuzilmalarini rivojlantirishda faol ishtirok etishga qiziqish bildirayotganini aytib oʻtdi.

Shu bilan birga mehmonlar samimiy qabul uchun minnatdorchilik izhor etib, Oliy Majlis Senati delegatsiyasini 2023-yilda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida boʻlib oʻtadigan “EKSPO-2030” butunjahon koʻrgazmasida ishtirok etish uchun taklif etdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.