Qashqadaryoda Janubiy Koreya tajribasi tadbiq etiladi

    Qashqadaryo viloyatida professional taʼlim tizimini rivojlantirishda Janubiy Koreya tajribasi tatbiq etiladigan boʻldi. Bu borada amaliy ishlar boshlandi.

    Joriy yilning 11-mart kuni Qashqadaryo viloyatiga Janubiy Koreyaning “The University of Korea” konsorsiumi vakili Park Xyun Jin rahbarligida delegatsiya tashrif buyurdi.

    Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad viloyatdagi kasb-hunar maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishish, axborot texnologiyalari sohasidagi moddiy-texnik bazasi holatini oʻrganishdan iborat boʻldi.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan xorijiy hamkorlarga barcha zarur boʻlgan maʼlumotlar taqdim etildi va hamkorlar tomonidan viloyatning kasb-hunar maktablarini eng zamonaviy kompyuter jihozlari bilan taʼminlash, oʻqituvchilarni Koreya Respublikasiga maqsadli malaka oshirish kurslariga joʻnatishga kelishib olindi.