Uchrashuvda «Headam Media» bilan hamkorlikda mamlakatimizning turizm salohiyati haqida hujjatli film suratga olish va Koreya Respublikasining KBS va KBS1 televideniyasida namoyish etishni tashkil etish masalalari muhokama qildi.
«Headam Media» prodyuserlik kompaniyasi menedjeri Che Mi Ryongning qayd etishicha, so‘nggi paytlarda koreyalik sayyohlarning O‘zbekistonga nisbatan qiziqishi yana-da ortib bormoqda. — Ayniqsa jannatmakon yurtingizning qadimiy shaharlari, u yerda qad rostlab turgan ulkan tarixiy binolari, turfa xil madaniyati, sanʼati, shirin noz-neʼmatlarini koreliklarning diqqat-eʼtiborini tortmoqda, dedi suhbatdosh.
Tomonlar KBS va KBS1 televideniyalarning «Dunyo bo‘ylab sayohat qilish» ko‘rsatuvida sayyohlarni eʼtiborini o‘ziga tortuvchi o‘zbek xalqining milliy taomlari, meʼmoriy yodgorliklari, madaniyati va anʼanalari, shuningdek, respublikaning zamonaviy turistik infratuzilmasi haqida hikoya qiluvchi hujjatli film namoyish etishga, mazkur hujjatli filmni suratga olish maqsadida «Headam Media» kompaniyasi vakillarini O‘zbekistonga ishchi safarini amalga oshirish kelishib olindi.
Uchrashuv davomida shuningdek, O‘zbekistonning turizm sohasidagi salohiyatini keng targ‘ib etish borasida Madaniyat va turizm vazirligi bilan «Headam Media» o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish istiqbollari ham muhokama qilindi.
Maʼlumot tariqasida qayd etish kerak, 2005-yil noyabridan efirga uzatiladigan «Dunyo bo‘ylab sayohat qilish» ko‘rsatuvi KBS telekanalining eng mashhur sayohat dasturi hisoblanadi. 2006- 2012- va 2019-yillarda O‘zbekiston mazkur telekanalda «Ipak yo‘lidagi voha» deb nomlangan dasturida ishtirok etgan.