Toshkent xalqaro aeroportida uni  Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov  kutib  oldi.

«Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri janob Pak Chinni Toshkent xalqaro aeroportida kutib oldik, - deb yozdi  Oʻzbekiston TIV rahbari  oʻzining telegram kanalida. -  Pak Chin Oʻzbekistonga avval ham koʻp marta kelgan boʻlsada, Koreya Respublikasi TIV rahbari sifatida ilk bor tashrif buyurmoqda. Bugungi muzokaralarimiz kun tartibi juda boy».