Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, tadbirda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Shodmonov, Janubiy Koreyaning mamlakatimizdagi elchixonasi masʼul xodimlari, olimlar va talabalar ishtirok etdi.

Muloqot chogʻida tibbiy taʼlim yoʻnalishida oʻzaro aloqalarni kengaytirish, istiqbolda qoʻshma dasturlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tadbirda Jin Te Changga Toshkent tibbiyot akademiyasining “Faxriy professor” unvoni topshirildi. Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Janubiy Koreya universiteti oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.