Koreyaning Janubi-Sharqidagi Ulsan shahrida 33-qavatli bino yonib ketdi, — deb xabar beradi Yonhap agentligi. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan suratlarda binoning deyarli barcha qavatlari yongani koʻrinib turibdi.

Agentlikning maʼlumotiga koʻra, yongʻin 8-oktyabr mahalliy vaqt bilan soat 23:00da boshlangan. Tungi shamol yongʻinni oʻchirishga yoʻl qoʻymagan.

88 kishi shifoxonalarga tutun bilan zaharlangan holda yetkazildi, deb xabar bergan oʻt oʻchiruvchilar.