Bu haqda rasmiylarga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, halokat soat 9:50 atrofida Seuldan taxminan 80 kilometr janubda, Seul-Sejon tezyurar avtomagistral yo'l qurilish maydonchasida sodir bo'lgan.
Ta'kidlanishicha, o'z tayanchlaridan 50 metrlik temir to'sinlar qulab tushgan, bu vaqtda ishchilar ularning ostida bo'lgan. Qutqaruvchilar vayronalar orasidan sakkiz kishini topdi, ulardan uch nafari hayotdan ko'z yumdi, qolgan besh nafari jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazildi.
Hodisa joyida qidiruv ishlarini davom ettirish uchun rasmiylar tegishli xizmatlarni safarbar qildi, deb xabar beradi report.az.