Bu haqda KBS telekanali xabar berdi.
Avvalgi xabarlarda 20 kishi jarohat olgani, ulardan 12 nafari og'ir jarohat olgani aytilgan edi. Voqea joyida ikki kishi yurak xurujidan vafot etgan. Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 10:55 atrofida sodir bo'ldi. Yuk mashinasining og'irligi taxminan bir tonnani tashkil qiladi.
“Avtomobil orqaga 28 metr, keyin esa 150 metr oldinga harakatlangan. Ko'pchilik so'nggi 100 metrda jarohat olgan”, dedi shahar favqulodda vaziyatlar xizmati vakili.
Voqea joyiga 60 ga yaqin politsiya xodimi va favqulodda vaziyatlar xizmati etib keldi. Teleknalaning aniqlik kiritishicha, yuk mashinasi haydovchisi 60 yoshdan oshgan. U mast bo'lmagan. Politsiya uni voqea joyida hibsga oldi va tergov boshladi.
“Haydovchi bexosdan mashinaning tezligi oshib ketganini da'vo qilmoqda, ammo kuzatuv kameralari yozuvlaridan buni tasdiqlash qiyin”, deb qo'shimcha qildi shahar favqulodda vaziyatlar xizmati vakili. Politsiya bu masala bo'yicha mutaxassislar bilan maslahatlashadi.
Yonhap axborot agentligining xabar berishicha, mashina savdo rastalari orasidagi bo'shliqdan o'tib ketgan va savdo rastalarini urib yubormagan. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, vafot etganlar 70 yoshlardagi ayollar bo'lgan. Jarohatlanganlardan olti nafari og'ir ahvolda, deb xabar berdi tass.ru.








