баннер
21 Mar 2025
18:52

    Janubiy Koreyada oʻzbekistonliklarga soddalashtirilgan tartibda viza berilishi kutilmoqda

    Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev va Ulsan shahri meri Kim Du Gyom boshchiligidagi Koreya Respublikasi delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda, kadrlar salohiyatini rivojlantirish, Oʻzbekistondan mehnat resurslarini shahardagi yirik sanoat obyektlariga jalb etish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    Kim Du Gyom Koreya tarixida ilk bor Oʻzbekiston fuqarolariga shahar meriyasi orqali soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari koʻzda tutilayotgani taʼkidladi.

    Xususan, Ulsan shahar hokimligi tomonidan Oʻzbekiston fuqarolari uchun bir qator imtiyozlar joriy etilmoqda. Bitiruvchilar uch oylik kasbiy tayyorgarlik va til oʻrganish kurslarini tamomlagandan soʻng mehnat vizasi olinadi va ishga joylashtiriladi. Bunday mexanizm pilot loyiha sifatida birinchi marta qoʻllanilmoqda. Koreya meri, agar natija ijobiy boʻlsa, boshqa shaharlar ham Oʻzbekiston fuqarolari uchun ushbu mexanizmni joriy etishi mumkinligini tushuntirdi.

    Koreya tomoni Oʻzbekiston tomonining Ulsan korxonalarida Oʻzbekiston fuqarolarini oilalari bilan birgalikda, agar ular noqonuniy holga kelib qolmagan boʻlsa, tashkiliy ravishda ishga joylashtirish imkoniyati haqidagi soʻrovini koʻrib chiqishga tayyorligini bildirdi.

    Oʻzbekiston fuqarolarini Koreya iqtisodiyotining sanoat va boshqa tarmoqlariga ishga jalb etish boʻyicha hamkorlik qilish boʻyicha qator kelishuvlarga erishildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech