“Toshkent- Istanbul- Seul” tranzit aviareysi orqali uchib borgan hamyurtlarimiz Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan kutib olindi.
Yangi oʻrnatilgan tartibga muvofiq, ular maxsus xodimlar kuzatuvida mehmonxonaga joylashtirildi. Koronavirusni aniqlash uchun topshirilgan test javobi natijalaridan kelib chiqqan holda fuqarolar karantin muddatlarini oʻtash uchun manzillariga kuzatib qoʻyiladi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur 14 nafar fuqaroning Janubiy Koreyadagi ish joyiga joʻnab ketishi joriy yil 13-iyulda rejalashtirilgan, biroq Oʻzbekistondagi epidemiologik vaziyatning keskinlashgani sababli qoldirilgan edi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.