JARda maktab avtobusi va poyezd to'qnashib ketdi, oqibatida besh kishi hayotdan ko'z yumdi

    Janubiy Afrika Respublikasining (JAR) shimoli-sharqida maktab avtobusi va poyezdning to'qnashib ketishi tufayli besh nafar maktab o'quvchisi halok bo'ldi.

    Bu haqda Mpumalanga viloyati jamoat xavfsizligi departamenti rasmiy vakili Moeti Musi ma'lum qildi.

    Shuningdek, 11 nafar o'quvchi og'ir jarohat oldi, dedi u. Avtobusda 30 nafar maktab o'quvchisi bo'lgan. Musi qurbonlarning yoshiga aniqlik kiritmadi.

    Guvohlarning so'zlariga ko'ra, avtobus haydovchisi o'tish joyida tez kelayotgan poyezdga e'tibor bermagan.

    Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi report.az.