Post orqali hozircha faqat xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari harakatlanishi belgilangan.

Endilikda Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari mazkur post orqali oʻz tovarlarini qoʻshni davlatga bemalol eksport qilishlari yoki tovarlar importini amalga oshirishlari mumkin.

Post orqali jismoniy shaxslarning harakatlanishiga ruxsat berilganda bu haqida qoʻshimcha xabar beriladi.