Joriy yilning 9-may kuni fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga 76 yil toʻladi. Ushbu kun munosabati bilan Karmana tumani “Doʻrman” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Pirnazar bobo Turdiyev xonadoniga tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari B.Savurov, tuman Yoshlar ittifoqi raisi O.Normuhammedov boshchiligida bir guruh oʻquvchi yoshlar tashrif buyurishdi.
Ikkinchi jahon urushida mardlarcha qahramonlik koʻrsatgan faxriylarimizning yurtimiz tinchligi uchun chekkan zahmati, hayot qiyinchiliklarini sabot bilan yengishi biz uchun haqiqiy jasorat va fidoyilik timsolidir.