Bugun Ishtixon tumani markaziy oʻyingohida “Jasur jangchi – yoshlar uchun namuna” shiori ostida “Yoshlar festivali” boʻlib oʻtdi.

Ushbu festivalda dastlab Markaziy harbiy okrugga qarashli 13060-harbiy xizmatchilari tomonidan qurol-aslaha koʻrgazmasi, qoʻl jangi sanʼati, qurol ishlatish mahorati namoyish qilindi hamda harbiy orkestr tomonidan kuy-qoʻshiqlar chalindi.

Shundan soʻng, Ishtixon tuman BOʻSM tarbiyalanuvchilari tomonidan sportning turli sohalari boʻyicha chiqishlar ham qilindi.

Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad, yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish bilan bir qatorda, harbiy sohaga qiziqish uygʻotish hamda ularning sof, beʼgʻubor qalblarini maʼnaviy yetuk va haqiqiy vatanparvar etib tarbiyalashdan iboratdir.