Musobaqada faqat rasmiy shaxmat unvoniga (GM, IM, FM va boshqalar) shaxmatchilar ishtirok etadi. Turnir formati shveytsarcha tizimda 11 raunddan iborat bo'lib, har bir partiya 5 daqiqa vaqt nazorati bilan o'ynaladi. 

Kechagi turnirda hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi natijani Javohir Sindarov qayd etdi. Grossmeysterimiz 5-turgacha yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qildi. Ammo keyin vaqti tushib ketganligi uchun ikki mag'lubiyatni qabul qilib oldi. 

Shunga qaramay, so'nggi turlarni o'z foydasiga hal qilib, 11 imkoniyatdan 9 ochko to'pladi. Oxirgi turda hatto qora donalarda o'ynaganiga qaramay, jahon tojdori Magnus Karlsenni ham mag'lub etishni uddaladi. Javohir faqat qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 6-o'rinni egalladi. Sovrinli uchinchi o'rinni band etgan Denis Lazovik ham Sindarov singari 9 ochko jamg'ardi. Turnir chempionligi 9,5 ochko to'plagan frantsiyalik Maksim Vash`e-Lagravga nasib etdi. Shuncha ochkoga ega polshalik Yan-Krishtof Duda esa ikkinchi pog'onadan joy oldi. 

Eslatib o'tamiz, Javohir Sindarov ikki hafta avval ushbu turnirda 9,5 ochko jamg'arib, chempionlikni qo'lga kiritgandi. O'shanda u Yan Nepomnyanshiy, Vladislav Artemev, Maksim Vashe-Lagrav singari taniqli raqiblarini taslim etgandi. Javohir yanvar` oyida ham Titled Tuesday turnirida tengsiz bo'lgan edi.