Quvaytning “Jazeera Airways”aviakompaniyasi Al-Quvayt va Samarqandni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻlaydi. Al-Quvayt — Samarqand — Al-Quvayt yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi parvoz esa 2023-yil 1-martga moʻljallangan.

Muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

“Jazeera Airways” Quvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi boʻlib, shtab-kvartirasi oʻz terminaliga ega xalqaro ayeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgan.