Jazirama yozda koʼp terlash oqibatida kelib chiqqan suvsizlanish organizmda suv-tuz muvozanatini izdan chiqarishi mumkin. Bu esa arterial gipertoniya va almashinuv jarayonlari buzilishiga olib kelishi hech gap emas.
Oddiy toza suv chanqoqni qondirishga yordam beradi.
Olma sharbati aralashtirilganda esa yanada yaxshiroq samara beradi. Negaki yoʼqotilgan tuz oʼrnini toʼldiradi.
Tadqiqotlarga koʼra, ushbu salomatlik eliksiri shifokorlar ichak infektsiyalarida tayinlaydigan regidratatsiya uchun maxsus elektrolit eritmaga (yoʼqolgan elektrolitlar oʼrnini qoplash uchun) qaraganda 17% samaraliroq boʼlib chiqdi. Olma sharbatida kaliy bisyor (kunlik meʼyorning taxminan 20%i) boʼlib, u organizmda suv-tuz muvozanatiga javob beradi.
Lekin sharbatda qand juda koʼp boʼlgani uchun unga suv aralashtirish lozim. Kamida yarmini suv tashkil qilishi kerak.
Yaxshisi, nordon sharbat ichgan maʼqul – apelьsin, greypfrut yoki rezavorli morslar. Ulardagi organik kislotalar organizmda kislota muvozanatini saqlashga yordam beradi.