“A” guruhining soʻnggi uchinchi turida Lui Van Gal murabbiyligidagi Niderlandiya terma jamoasi qatarliklarni 2:0 hisobida magʻlub etib, 1/8 final bosqichiga yoʻl olgan boʻlsa, ushbu guruhdagi Ekvador - Senegal uchrashuvi 1:2 hisobida senegalliklar gʻalabasi bilan yakunlandi.
“V” guruhining 3-tur bahsida Angliya Uels ustidan 3:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi. 1-boʻlimda darvozalar daxlsizligi taʼminlandi. 2-boʻlimda inglizlar uchta toʻpni Uels darvozasiga yoʻllab, gʻalabaga erishdi va shu tariqa 7 ochko bilan oʻz guruhi yetakchisiga aylandi. Endi ular 4-dekabr kuni 1/8 final oʻyinida Senegal bilan roʻbaroʻ keladi.
AQSH terma jamoasi bilan kuchli ruhiy bosim ostida oʻyin oʻtkazgan eronliklar guruhdagi 3-tur uchrashuvini 0:1 hisobidagi magʻlubiyat bilan yakunladi. Bu 3-dekabr kuni oʻtadigan 1/8 final bahsida AQSH va Portugaliya jamoalari toʻqnash kelishiga olib keldi.
Bugun – 30-noyabr kuni “V” hamda “D” guruhlaridagi 3-tur oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Unda “V” guruhida Avstraliya-Daniya, Tunis-Fransiya, “D” guruhida Polsha-Argentina, Saudiya Arabistoni-Meksika jamoalari 1/8 final bosqichiga chiqish uchun kurash olib boradi.