Argentina va Fransiya oʻrtasidagi final oʻyinni polshalik hakam Shimon Marchinyak boshqaradi. U ushbu chempionat doirasida Fransiya – Daniya (2:1) va Argentina – Avstraliya (2:1) oʻyinlarida hakamlik qilgan.

Marchinyakga qanotlarda Pavel Sokolniski, Tomash Listkevich yordam beradi. Tomash Kvyatkovski zaxira hakam etib tayinlangan.

Argentina – Fransiya oʻrtasidagi final bahs 18-dekabr kuni “Lusail” stadionida boʻlib oʻtadi.

Undan bir kun oldin tashkil etiladigan Xorvatiya – Marokash oʻrtasidagi uchinchi oʻrin uchun boʻlib oʻtadigan uchrashuvni mezbon Abdurahmon Al Jassim boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.