JCH-2026: Osiyo qitʼasida ikkinchi saralash bahslari boshlanadi

    Kecha guruhlar toʻla shakllanib boʻldi

    Kecha Osiyo qitʼasida futbol boʻyicha JCH-2026 birinchi saralash bosqichi doirasidan oʻrin olgan javob uchrashuvlari boʻlib oʻtdi va guruhlar toʻla shakllanib, quyidagicha koʻrinish oldi:

    A guruh – Qatar, Hindiston, Quvayt, Afgʻoniston.

    V guruh – Yaponiya, Suriya, KXDR, Myanma.

    S guruh – Koreya Respublikasi, Xitoy, Tailand, Singapur.

    D guruh – Ummon, Qirgʻiziston, Malayziya, Xitoy Taypei.

    Ye guruh – Eron, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Honkong.

    Gʻ guruh – Iroq, Vetnam, Filippin, Indoneziya,

    G guruh – Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Tojikiston, Pokiston.

    N guruh – BAA, Bahrayn, Yaman, Nepal.

    I guruh – Avstraliya, Falastin, Livan, Bangladesh.

    Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy jamoasi JCH-2026 ikkinchi saralash bosqich guruh oʻyinlarini 16-noyabr kuni Turkmanistonga qarshi safardagi bahs bilan boshlaydi. 21-noyabrda esa Eron Toshkentda mehmon boʻladi. 3-turda vakillarimiz keyingi yilning mart oyida Hongkong mehmoni boʻladi.