Kecha Osiyo qitʼasida futbol boʻyicha JCH-2026 birinchi saralash bosqichi doirasidan oʻrin olgan javob uchrashuvlari boʻlib oʻtdi va guruhlar toʻla shakllanib, quyidagicha koʻrinish oldi:

A guruh – Qatar, Hindiston, Quvayt, Afgʻoniston.

V guruh – Yaponiya, Suriya,  KXDR, Myanma.

S guruh – Koreya Respublikasi, Xitoy, Tailand,  Singapur.

D guruh – Ummon, Qirgʻiziston, Malayziya, Xitoy Taypei.

Ye guruh – Eron, Oʻzbekiston,  Turkmaniston, Honkong.

Gʻ guruh – Iroq, Vetnam, Filippin, Indoneziya, 

G guruh – Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Tojikiston, Pokiston.

N guruh – BAA, Bahrayn, Yaman, Nepal.

I  guruh – Avstraliya, Falastin, Livan, Bangladesh.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy jamoasi JCH-2026  ikkinchi saralash bosqich guruh oʻyinlarini 16-noyabr kuni Turkmanistonga qarshi safardagi bahs bilan boshlaydi. 21-noyabrda esa Eron Toshkentda mehmon boʻladi. 3-turda vakillarimiz keyingi yilning mart oyida Hongkong mehmoni boʻladi.