JCH-2026 oʻyinlari qaysi shaharlarda oʻtkaziladi?

    Kecha shu savolga javob topildi

    Maʼlumki, 2026-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati uchta mamlakat – AQSH, Meksika va Kanadada boʻlib oʻtadi. Kecha oʻyinlar oʻtkaziladigan 16ta shahar nomi eʼlon qilindi.

    Ushbu roʻyxatga binoan AQSHning Atlanta, Boston, Dallas, Hyuston, Kanzas Siti, Los-Anjeles, Mayami, Nyu-York, Filadelfiya, San-Fransisko, Siyetl, Meksikaning Gvadalaxara, Mexiko, Monterrey hamda Kanadaning Toronto va Vankuver shaharlari mundialni qabul qiladi.

    Yangi reglament boʻyicha chempionatda 48ta jamoa ishtirok etadi. Har bir shahar 3ta jamoadan iborat guruhga mezbonlik qiladi.