Maʼlumki, futbol boʻyicha 2030-yilgi jahon chempionatini oʻtkazishga Ispaniya – Portugaliya – Marokash uchligi, Argentina – Urugvay – Chili – Paragvay toʻrtligi va Gretsiya – Misr – Saudiya Arabistoni uchligi daʼvogarlik qilishi aytilayotgan edi.
Marca nashrining yozishicha, Saudiya soʻnggi fursatda bu “oʻyin”dan chiqishga qaror qilgan. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri qolgan ikki davlat rasmiylari bilan bogʻlanib, JCH-2030ni oʻtkazishga daʼvogarlik qilmasliklarini aytgan. U oʻzlari tuzmoqchi boʻlgan uchlik Ispaniya – Portugaliya – Marokash uchligiga teng kela olmasligini bildirgan.
Endi JCH-2030 mezbonligi uchun Ispaniya – Portugaliya – Marokash uchligi hamda Argentina – Urugvay – Chili – Paragvay toʻrtligi raqobatlashadi.
Chempionat mezbonlari nomi 2024-yilda maʼlum boʻladi.