JDPI akademik litsey o'quvchisi xalqaro olimpiadada bronza medalni qo'lga kiritdi

    Ta'lim 14 Yanvar 2021 2452

    2021-yil 7-yanvar kuni matematika, fizika va informatika fanlaridan 17-xalqaro Jautikov olimpiadasiga (IZHO) onlayn start berilgan edi.  Xalqaro olimpiada 12-yanvarga qadar onlayn tarzda bo'lib o'tdi. 

    Olimpiadada 21 ta mamlakatning 146 ta jamoasi mingdan ziyod o'quvchi bilan ishtirok etdi.

    Ushbu nufuzli olimpiadada akademik litsey va maktab o'quvchilaridan iborat mamlakatimiz jamoasi ham qatnashdi va yakunda 14 ta medalni egalladi.

    Jumladan, Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi o'quvchisi Davron Obilov xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo'ldi.