Xalqaro Webometrics Ranking tashkilotning 2021-yildagi ilk eʼlon qilgan maʼlumotiga koʻra, Jizzax davlat pedagogika instituti yurtimizdagi 128ta universitet va institut orasida ikkinchi, dunyo reytingida 31 mingdan ziyod oliy oʻquv yurti orasida 5491-oʻrinni egalladi.

Reyting 4 ta mezon asosida baholangan. Bu koʻrinish – oliy taʼlim muassasalarining saytiga tashqi saytlarning bogʻliqligi, mukammallik – saytlarga joylashtirilgan ishlar mukammalligi, ochiqlik – saytlarga joylashtirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi, mualliflar maqolalarining ishonchliligi va mavjudlik – asosiy domen sahifalari va subdomenlar soni, ulardagi hujjatlarning mavjudligi bilan baholanadi.