Jeff Bezos yana dunyodagi eng badavlat insonga aylandi

    60 yoshli Amazon asoschisi oxirgi marta Bloomberg tomonidan 2021-yilda dunyoning eng boy odamlari ro'yxatida birinchi o'rinni egallagan edi. Endi Jeff Bezos yana Tesla va SpaceX bosh direktorini ortda qoldirdi.

    2024-yilda boyligi 200 milliard dollarga baholangan Bezos dunyodagi eng badavlat odamlar reytingida SpaceX egasi Ilon Mask va LVMH Moet Hennessy – Louis Vuitton direktorlar kengashi raisi Bernard Arnoni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Hozirda ularning boyligi mos ravishda 198 va 197 milliard dollarni tashkil qiladi. Bezosning kapitalini hisoblashda uning koinot tadqiqotlari bilan shug'ullanuvchi Blue Origin kompaniyasi va Amazon aksiyalarini sotishdan tushgan daromad hisobga olingan.

    Bloomberg reytingida Jeff Bezos oxirgi marta 2021-yilda birinchi o'rinni egallagan edi. Shundan so'ng yetakchilik o'rnini Ilon Mask egalladi, uning boyligi Tesla kompaniyasi aksiyalari narxining ko'tarilishi tufayli ortdi. Biroq, 2024-yilda Tesla aksiyalari 24 foizga tushib ketdi, deb xabar beradi dw.com.