Oʻtgan hafta birja savdolari yakunlariga koʻra, Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi 8,44 milliard dollarga oʻsib, 211 milliard dollarga yetdi.

Bundan avvalgi maksimal koʻrsatkich yanvar oyida qayd etilgan. Oʻshanda Tesla va SpaceX rahbari Ilon Maskning boyligi 210 milliard dollarga yetgandi. Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi oylarda Maskning boyligi 181 milliard dollargacha kamaygan.

Mart oyining oʻrtalaridan buyon Amazon aksiyalarining qariyb 20 foizga oʻsishi fonida Bezosning boyligi ham oʻsmoqda. Agentlikning taʼkidlashicha, bunday oʻsishga Pentagonning 2019-yilda Microsoft bilan tuzgan 10 milliard dollarlik “bulutli” saqlash infratuzilmasini yaratish boʻyicha shartnomani bekor qilishi haqidagi yangiliklar ham taʼsir koʻrsatgan.