Bu haqda u o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.
"Biz kelajak, islohotlar, barqaror taraqqiyot, madaniyat haqida, shuningdek, chegaralardan qat’i nazar, barchamiz uchun muhim bo‘lgan qadriyatlar xususida fikr almashdik", — deydi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari bir yangilik bilan o‘rtoqlashdi. Uning ta’kidlashicha, tez orada Jenevadagi BMT binosida “O‘zbekiston xonasi” ochiladi.
"Bu — madaniyatimizning mo‘jazgina bir bo‘lagi ko‘p millatli hamjamiyatga namoyish etiladigan maskan bo‘ladi. Ushbu maskan har qanday qiyinchilik va ziddiyatlarga qaramay, bizning dunyoga ochiqligimiz ramziga aylanadi", deyiladi xabarda.