Jenisbek Piyazov 15 daqiqada 4 ta “radar”ga tushdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Xalq artisti Jenisbek Piyazovning murojaati tarqaldi. Ushbu murojaatga Toshkent viloyati IIB YHXB munosabat bildirildi.

    Qayd etilishicha, Jenisbek Piyazov tomonidan yoʻllangan video murojaatda oʻziga tegishli boʻlgan transport vositasida bitta mobil kompleksli multiradar orqali unga 4 marotaba jarima belgilanganligi aytib oʻtilgan.

    Aslida fuqaro Jenisbek Piyazovga tegishli boʻlgan transport vositasi Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi D 012 “Bektemir sh. — Chorbogʻ qoʻrgʻoni” avtomobil yoʻlining 45 va 50 kilometrlaridagi qoʻzgʻalmas ustunga oʻrnatilgan statsionar radarlar orqali va ushbu yoʻlning 24 va 31 kilometrlarida xizmat olib borayotgan 2 ta mobil kompleksli (turli xil avtomobillarga oʻrnatilgan) radarlar orqali yoʻl harakati qoidalarini yaʼni belgilangan tezlik meʼyorlariga amal qilmasdan tezlikni oshirib harakatlanganligi qayd etilgan.

    Shu sababli qonunchiligimizda belgilangan tartibda har bir sodir etilgan huquqbuzarlik uchun alohida jarima qarorlari chiqarilgan.