Oʻzbekiston futboli yulduzlaridan biri Server Jeparov “Lokomotiv” klubi sport direktori etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Server ikki karra – 2008 va 2011-yillarda Osiyoning “Eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan. Mamlakatimizning “Navbahor”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomativ”, “Metallurg”, xorijning “Seul”, “Al Shabab”, “Sonnam”, “Ulsaa Xyonda”, “Istiqlol”. “Sepaxon” jamoalarida toʻp surgan.
U Oʻzbekiston oʻsmirlar jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib, yil boshida lavozimini tark etgan va 24-fevraldan “Lokomotiv” futbol maktabida ish boshlagandi.