Jetaur haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, koʻprikdan suvga tushib ketdi

    Yoʻlda harakatlanib ketayotgan “Jetaur” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, koʻprikdan suvga tushib ketdi.

    Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

    Xabarda aytilishicha, hodisa 4-sentyabr kuni soat 16:00da Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Gʻazalkent-Chirchiq” yoʻlida sodir boʻlgan. Harakatlanib ketayotgan “Jetaur” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, Oqtosh koʻprigidan Gʻazalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketgan.

    FVV qutqaruvchilari tomonidan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni suv taqsimlash inshootidan olib chiqdi. Avtomobilda yoʻlovchilar boʻlmagan.