Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hodisa 4-sentyabr kuni soat 16:00da Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Gʻazalkent-Chirchiq” yoʻlida sodir boʻlgan. Harakatlanib ketayotgan “Jetaur” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, Oqtosh koʻprigidan Gʻazalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketgan.

FVV qutqaruvchilari tomonidan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni suv taqsimlash inshootidan olib chiqdi. Avtomobilda yoʻlovchilar boʻlmagan.