Bosh konsulxona xodimlari nazorat-o'tkazish punktida bo'lib turishibdi, vatandoshlar bilan doimiy aloqa o'rnatilgan, diaspora vakillari bilan birgalikda issiq ovqat va boshqa yordam tashkil qilinmoqda, vaziyat umumiy nazoratga olingan, deya xabar berdi Tashqi mehnat migratsiyasi agaentligi axborot xizmati.
Ta'kidlash joizki, 1 iyuldan buyon 2700 dan ortiq vatandoshlar, asosan kasallar, qariyalar, homiladorlar va yosh bolali ayollar O'zbekiston-Qozog'iston chegarasini kesib o'tishdi.
Texnik sabablarga ko'ra, so'nggi kunlarda vatandoshlarning davlatlararo chegaradan o'tishlari cheklangan miqdorda amalga oshirildi.
“Jibek Joli” o'tkazish punkti orqali respublika fuqarolarining O'zbekiston hududiga cheklangan holda kirishi bilan bog'liq barcha muammolar tez muddatda hal qilinadi.