Buyuk Britaniya Sogʻliqni saqlash vaziri Mett Xenkokning aytishicha, COVID-19 ning yangi shaklini nazorat qilib boʻlmaydi. Kasallik odamlarga juda tez yuqadi.
“Odamlar oʻzlarini xuddi virus yuqtirgandek tutishlari kerak”, – deya iqtibos keltiradi Xenkok.
Vazir epidemiyaga qarshi eng qatʼiy choralar koʻrilgan hududlarda ayniqsa hushyor boʻlishni maslahat berdi. U emlashdan oldin bir necha oy davomida cheklovlar amal qilishi mumkinligini taʼkidladi. Shuningdek, Xenkok koronavirusning yangi turini “jiddiy muammo” deb aytdi.
Koronavirusning yangi turi Britaniyada sentyabr oyida paydo boʻlgan, ammo uning faol tarqalishi noyabr oyining oʻrtalarida boshlandi, deya xabar beradi mamlakat sogʻliqni saqlash xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, olimlar virus tarqalishi zanjirlarini teskari tartibda kuzatishga muvaffaq boʻlishdi va mutatsiyalangan shtamm bilan yuqish hollari noyabr oyining oʻrtalariga qadar juda kam boʻlgan degan xulosaga kelishdi. Birinchi marta yangi koronavirusning keng tarqalishi noyabr oyining oxirida Kentda, keyin London va Esseksda aniqlandi.
Eslatib oʻtamiz, Britaniyada yangi turdagi koronavirus paydo boʻlishi sababli koʻplab mamlakatlar Buyuk Britaniyaga parvozlarni yopmoqdalar. Yangi shtamm sezilarli darajada yuqumli ekanligi aniqlandi, ammo oʻlim darajasi, yuqori yoki ogʻirroq kasalliklarga olib kelishi hali tasdiqlanmagan. Shuningdek, yangi yaratilgan vaksinalar unga qarshi qanchalik samarali boʻlishi hali maʼlum emas.