Jigar yogʻli distrofiyasi indeksini aniqlovchi dastur yaratildi

    Fan 20 Yanvar 2022 2366

    Yogʻ distrofiyasi deganda jigarda glikogen oʻrniga yogʻ yigʻilgandagi jigarning ogʻriqli oʻzgarishi tushuniladi. Bunday hollarda jigar koʻpincha kattalashadi.

    Shubhasiz, yogʻ distrofiyasining har ikki holati alkogol isteʼmol qilinishi bilan bogʻliq. Qolgan hollarda turli omillar, masalan, kompensatsiyalanmagan qandli diabet, yogʻ almashinuvi buzilishi, dori-darmonlar, ishlab chiqarishdagi zararli moddalar sabab boʻlishi mumkin.

    Jigarning yogʻli distrofiyasi indeksini aniqlashga moʻljallangan dastur yaratildi, deya xabar qiladi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi rasmiy kanalida.

    Dastur jigarning alkogolli kasalligi va jigarning alkogolsiz yogʻli kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarni jigarning yogʻli distrofiyasi indeksi boʻyicha aniqlaydi, etil spirtining steatoz jigarning shikastlanishiga taʼsirini aniqlash imkonini beradi.

    Spirtli ichimlikdan qisqa muddatli voz kechish jigarning yogʻli distrofiyasi indeksiga sezilarli taʼsir koʻrsatmaydi, shuning uchun jigarning yogʻli distrofiyasi indeksi alkogol bilan bogʻliq ayrim jigar kasalliklari boʻlgan bemorlarda yashirin spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishni aniqlashda foydali boʻlishi dargumon.

    Bu darddan qutulish uchun jigar hujayralari tiklanguncha shifokor nazorati ostida davolanish, parhezga amal qilish talab etiladi.

    Dastur mualliflariga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga koʻra DGU 13319 raqamli guvohnoma berildi.